O'zbekiston

Qashqadaryoda begona qizga gap otgan erkak pichoqlab o‘ldirildi

Qotillikni qizning qarindoshi sodir etgan.

Qashqadaryoda begona qizga gap otgan erkak pichoqlab o‘ldirildi

 

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 29 may kuni qotillik yuz berdi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

 

Shu kuni soat 10:00 da 20 yoshli erkak Kitob shahridagi “Sport majmuasi” oldida o‘zaro tortishuv oqibatida 25 yoshli erkakni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.

 

Darakchi.uz nashrining yozishicha, janjal qiz  sabab yuzaga kelgan, yaʼni pichoqlangan yigit qizga gap otib yurgan. Bundan xabar topgan qizning qarindoshi u yigitni bir necha bor uchrashuvga chaqirib, gaplashib, kelishib olishga uringan. Ammo shunday uchrashuvlarning navbatdagisida qarindosh bo‘lgan 20 yoshli yigit 25 yoshli yigitni qizning ko‘z o‘ngida pichoqlab tashlaydi. Bo‘lgan voqeadan so‘ng ikki qarindosh tez yordam chaqirib, pichoqdan zarba yegan yigitga yordam berishga harakat qilishadi. Ammo 25 yigit olgan jarohatlari tufayli vafot etadi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"