O'zbekiston

Ozodbek Nazarbekov MCHJ taʼsischisi ekani aniqlandi

Qonunga ko‘ra, davlat xizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.

Ozodbek Nazarbekov MCHJ taʼsischisi ekani aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekovning «Koba sanʼat majmuasi» MCHJ taʼsischi ekani tasdiqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, o‘rganish mobaynida haqiqatan ham Ozodbek Nazarbekovning 2016-yil 16-martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Koba sanʼat majmuasi» MCHJda 100 foizlik ulush bilan taʼsischi ekanligi aniqlandi.

 

Agentlikning qayd etishicha, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida»gi qaroriga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan. 

 

Shuningdek, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasiga asosan davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emas. 

Shu bilan birga, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga haqli emas.

 

Bugungi kunda qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda yuqoridagi holatlar bartaraf etilib, «Koba sanʼat majmuasi» MCHJ taʼsischisi o‘zgartirilgan. Bundan tashqari, 30-may kuni Madaniyat va turizm vazirligiga kelgusida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonunosti hujjatlariga qatʼiy rioya qilinishini hamda vazirlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, raqobat va xolislik hamda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik prinsiplariga rioya qilinishini taʼminlash choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritilgan. 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"