O'zbekiston

Qashqadaryoda maktab o‘quvchilar 9 yoshli bolani zo‘rlagani aytildi

Holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda maktab o‘quvchilar 9 yoshli bolani zo‘rlagani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida maktab o‘quvchilari to‘qqiz yoshli bolani zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi munosabat bildirdi.

 

Holat joriy yilning 11 may kuni kunduzi soat 15:16 chamasida yuz bergan. Maktabning 3-sinf o‘quvchilarining 8 nafari darsdan keyin sport  zaliga kirishgan va o‘zaro o‘yin o‘ynab turgan vaqtlarida maktabning ikki nafar 5-sinf o‘quvchilari ham sport zaliga kirishgan. Ular o‘zlaridan quyi sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilarni qo‘rqitib sport zalidan bir nechtasini chiqarib yuborishgan.  Sport  zalida  qolgan 4 nafar 3-sinf o‘quvchilarini sport zalidagi kichkina xonaga kiritgan va o‘zlarining qo‘llarida bo‘lgan o‘yinchoq rezinka “ilon” bilan kiyimlarini yechtirib ularning bir nafarini badaniga, jumladan, belidan pastki qismiga ham urgan va ularni tashlab chiqib ketishgan. Bu holatdan xafa bo‘lgan o‘quvchi uyiga ketgan va qo‘rquv natijasida hech kimga hech narsa aytmagan. Oradan 3 kun o‘tgach, bolaning sinfdoshi uning onasiga bo‘lgan voqea haqida aytib bergan, bu voqeadan taʼsirlangan ona bolasini tibbiy ekspertiza qildirmasdan turli so‘zlarni boshqa OAV vakillariga aytgan.

 

Hozirgi kunda tibbiy ekspertiza xulosasining toza chiqqanligi haqida shifokorlar og‘zaki maʼlumot berishgan va uning tasdig‘i  kelgusida ochiqlanishi haqida maʼlumot berishgan. Ayni paytda voqea tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan o‘rganilmoqda, maktab rahbariyati yoki boshqa rahbarlar tomonidan  bolaning ota-onasi  yoki oila  aʼzolariga hech qanday bosim o‘tkazilmagan, aksincha, ular  bilan hamkorlikda voqeaga oydinlik kiritish choralarini ko‘rmoqda.

 

“Kelgusida aniqlangan eʼtiborsizlikka masʼullar uchun o‘rnatilgan tartibda jazo chorasi qo‘llanilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"