Jahon

Moskvaga yaqinlashayotganda bir nechta dronlar urib tushirildi

Hodisa bugun ertalab yuz bergan.

Moskvaga yaqinlashayotganda bir nechta dronlar urib tushirildi

 

Ertalab Moskva viloyati aholisi havo hujumidan mudofaa tizimining ishlashi tufayli portlash tovushlarini eshitishgan. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”. 

 

"Bugun ertalab Moskva viloyatining ayrim tumanlari aholisi portlash tovushlarini eshitishdi — bu bizning havo mudofaasi. Moskvaga yaqinlashayotganda bir nechta uchuvchisiz samolyotlar urib tushirildi", — deb yozdi gubernator o'zining Telegram-kanalida.

 

Vorobyov, shuningdek, aholidan xotirjamlikni saqlashni so‘rab, hozirda barcha favqulodda xizmatlar ishlayotganini ma'lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"