O'zbekiston

Marg'ilonda xalqaro folklor musiqa festivali boshlandi

Ushbu festival an’anaviy tarzda 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Marg'ilonda xalqaro folklor musiqa festivali boshlandi

 

Joriy yilning 29-may kuni, Marg‘ilon shahrida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivaliga start berildi.  

 

31-mayga qadar davom etadigan mazkur festivalga jami 500 nafardan ortiq ijodkorlar jalb etilgan.

 

Tantanali ochilish marosimida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari  B.Ahmedov so‘zga chiqib, festival ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.

 

Ma’lumki, O‘rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab, rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo‘li bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Shu maqsadda ushbu festival ham “Buyuk ipak yo‘li” deb nomlangan. Ushbu festival an’anaviy tarzda 2018-yildan buyon Marg‘ilon shaharida o‘tkazib kelinmoqda.

 

Xususan, 2018-yilda o‘tkazilgan ushbu festival yuqori badiiy saviyada tashkil etilib, xalqaro miqyosida e’tirof etilgandi.

 

Ayni paytga kelib, mazkur anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan 12 ga yaqin xorijiy davlatlardan folklor san’atiga doir 30 nafar musiqa ijrochilari, 15 nafar taniqli madaniyat va san’at vakillari hamda 10 nafarga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari va faxriy mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

 

  • “O‘rta asrlarda Marg‘ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etish mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi);
     
  • xorijiy va O‘zbekiston folklor jomoalarining konsertlari va badiiy kechalari;
     
  • bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlarining to‘garak azolai ishtiokida, xorijiy va O‘zbekiston folklor jamoalarining ijodiy uchashuvlari va mahorat darslari;
     
  • folklor jamoalarining Xalqaro ko‘rik-tanlovi;
     
  • sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur milliy musiqa va musiqa cholg‘ulari uyg‘unligidagi sahnalashtirilgan dastur namoyishlari.

 

Festival ko‘rik-tanlovning g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"