O'zbekiston

Juma tabriklarini tarqatishga cheklov o‘rnatilgani rad etildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi juma tabrigi atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.

Juma tabriklarini tarqatishga cheklov o‘rnatilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «juma tabrigi», «Qurʼoni karim oyatlari», «Payg‘ambar alayhissalom hadislari», oʼzbekistonlik ulamolar va imom-domlalarning mavʼizalarini tarqatish go‘yoki mumkin emas, degan mazmundagi xabarlar keng tarqatilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistondagi rasmiy diniy sayt va ижтимоий tarmoqlardagi maʼlumotlarni mutolaa qilish yoki ulashish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ham vahima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu xabarlar yuzasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi batafsil maʼlumot berdi.

 

Rasmiy xabarda aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasining Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga asosan, eʼtiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga ko‘ra, fuqarolar dinga eʼtiqod qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni o‘tkazish hamda o‘z dinining taʼlimotlarini o‘rganish haq-huquqiga ega. Bundan tashqari, rasmiy, ishonchli ижтимоий tarmoqlardagi diniy-maʼrifiy mazmundagi barcha maʼlumotlarni mutolaa qilish hamda yaqinlarga ulashish mumkinligi ham aytildi.

 

Shunga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytlari, masjid-madrasalar, iqtidorli imom-xatiblarning sayt va ижтимоий tarmoq sahifalarini mutolaa qilish hamda ulardagi maʼlumotlarni yaqinlariga ulashish mumkin, jumladan, juma tabriklarini ham tarqatishga ruxsat etilgan. Bularga hech qanday taʼqib yo‘q.

 

Shuningdek,diniy idora ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida sarosimaga soluvchi shunday noto‘g‘ri xabarlar tarqatish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik keltirib chiqarishini ham eslatib o‘tdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"