O'zbekiston

Toshkentda 10 mlrd so‘mlik «tender»da ikkita qarindosh «raqobatlashgan»ligi aniqlandi

Komissiya tomonidan affillangan shaxslar xarid qilish jarayonidan chetlatilmagan.

Toshkentda 10 mlrd so‘mlik «tender»da ikkita qarindosh «raqobatlashgan»ligi aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan “Hokimning yashirin qarori va bir-biriga begona bo‘lmagan pudratchilar haqida” nomli xabarda keltirilgan holatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agnetligi tomonidan o‘rganildi.

 

Aniqlanishicha, Prezidentning 2023-yil 9-fevral kuni “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal surʼatlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent shahrining har bir mahallasiga mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilgan.

 

Natijada ushbu qarorga asosan Olmazor tumanida joylashgan 64 ta mahallaning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha rejalashtirilgan 64 milliard so‘mlik ishlarni bajarish yuzasidan pudratchilar ichki tanlov asosida tanlab olingan. O‘rganishda buyurtmachi tomonidan 10,1 milliard so‘mlik 2 ta tanlovni o‘tkazish jarayonida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 42-moddasi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi.

 

Jumladan, tuman obodonlashtirish boshqarmasining xarid komissiyasi tomonidan 2023 yil 17 aprel kuni o‘tkazilgan tanlovlarda o‘zaro raqobatlashgan “S.Q”, “O.H.G.”, “N.A.” hamda “A.P.T” MCHJlarning rahbar va taʼsischilari yaqin qarindoshlar bo‘lib, o‘zaro affillangan shaxslar ekanligi maʼlum bo‘ldi.

 

Biroq, xarid komissiyasi tomonidan affillangan shaxslar xarid qilish jarayonidan chetlatilmasdan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10, 14, 23, 42-moddalari va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi talablari buzilganligi aniqlandi. Shu va boshqa qonunbuzilish holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun 25 may kuni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"