O'zbekiston

Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Muqaddam u tovlamachilik bo‘yicha ham sudlangan.

Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

 

Navoiyda hokim yordamchisi jinoyat ustida qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

 

Qayd etilishicha, Xatirchi tumanida yashovchi 27 yoshli M.A. 25 mln so‘m kredit olish va tadbirkorlikni boshlash maqsadida B.T orqali shu mahallaning hokim yordamchisi Sh.I.ga uchrashgan. Sh.I. esa M.A.ga tavsiyanoma tekinga berilmasligini aytgan. Mazkur holat yuzasidan qilingan murojaat asosida tezkor tadbir tashkil etilib, hokim yordamchisi M.A.dan 100 AQSH dollari va 900 ming so‘m pullarni olayotgan paytda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

 

Hokim yordamchisi Sh.I. va kredit oluvchilarni topib, unga eltuvchi B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Taʼkidlanishicha, hokim yordamchisi lavozimida ishlayotgan Sh.I. bir necha yil muqaddam tovlamachilik jinoyatini sodir etib, jazo muddatini o‘tagan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"