O'zbekiston

Farg‘onada sud-ekspertizasi 3 joyidan pichoqlangan fuqaroga “yengil tan jarohati” xulosasini berdi

Holat yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi.

Farg‘onada sud-ekspertizasi 3 joyidan pichoqlangan fuqaroga “yengil tan jarohati” xulosasini berdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ekspertizaning yengil tan jarohati xulosasidan norozi bo‘lgan fuqaro haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2023 yilda 21 aprel kuni fuqaro B.T. Quva tumani Begat qishlog‘i markazida fuqaro A.A. bilan kelishmovchilik sababli janjallashib, B.T. yonidagi oshxona pichog‘i bilan A.A.ning o‘ng va chap son hamda qorin qismiga qasddan urib tan jarohati yetkazgan. 

 

Tuman tibbiyot bo‘limining dastlabki xulosasiga asosan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Tayinlangan sudga oid ekspertiza xulosasida janjalga aralashgan 4 nafar fuqarolarda 6 kundan ko‘p davom etmaydigan, fuqaro A.A.da qorin, ko‘krak, o‘ng va chap son, yonbosh sohalarida kesilgan yaralar aniqlanib, 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga sog‘lig‘ini buzilishiga sabab bo‘luvchi yengil tan jarohatlari ko‘rsatilgan. 

 

Fuqaro A.A ekspertning mazkur xulosasiga eʼtiroz bildirganligi sababli Sudga oid qayta tibbiy ekspertiza tayinlanib ijro etishlik uchun Andijon viloyatiga yuborilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"