O'zbekiston

Qashqadaryoda bloger va fermerlar janjallashdi

Bloger fermerlar ishiga aralashib, ularni haqorat qilgan.

Qashqadaryoda bloger va fermerlar janjallashdi

 

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida bloger hamda fermerlar o‘rtasida janjal chiqdi. Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

 

Kecha, 26 may kuni soat 22:30 larda Yakkabog‘ tumani Ibn Sino MFY hududida joylashgan Pilla mahsulotini saqlash omborxonasida pillalarni qabul qilib olish jarayoni olib borilayotgan vaqtda o‘zini bloger “Elmurodblog” deb tanishtirgan fuqaro O.E. pilla topshirish maskaniga borgan.

 

Shu yerda fermerlarning ishiga aralashib, ularga turli nomunosib savol javoblar qilishi oqibatida o‘rtalarida janjal kelib chiqqan. Ushbu jarayonda fuqaro O.E. fermerlarni haqorat qilgan.

 

Pilla yetishtiruvchi fermerlar fuqaro O.E.ning xatti-harakatlari yuzasidan Yakkabog‘ tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan.

 

Holat masʼul xodimlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, fuqaro O.E.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi hamda 198-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy to‘xtamga kelishlik uchun jinoyat ishlar bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudiga yuborilgan.

 

“Barcha voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"