O'zbekiston

OTMga o‘qishga topshirishda qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Adliya vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

OTMga o‘qishga topshirishda qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

 

 

Qonunchilikka ko‘ra, abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

 

Imtiyozga ega abituriyentlar, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va pasport yoshiga yetmaganlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Markazlarga murojaat etadi.

 

Abituriyent o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi abituriyent nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda so‘rovnoma bo‘yicha maʼlumotlarni Davlat test markazining tizimiga maxsus dastur orqali elektron ravishda kiritadi.

 

Markaz xodimi tomonidan so‘rovnomaga tegishli maʼlumotlar kiritilishi uchun abituriyent Markaz xodimiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:

 

—fuqarolik pasporti (ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan maʼlumotnoma);

 

—pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

 

—umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);

 

—Prezidentning hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.

 

Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng so‘rovnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish qatʼiyan man etiladi.

 

Abituriyentdan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"