O'zbekiston

Buxoroda oltin maydalovchi tegirmonni yashirib kelganlar ushlandi

Uddaburonlar tegirmonni elektr tarmog‘iga ulab, davlatga 110 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Buxoroda oltin maydalovchi tegirmonni yashirib kelganlar ushlandi

Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi yashash xonadonida oltin zarralari mavjud bo‘lgan toshlarni maydalashga mo‘ljallangan yashirin tegirmon saqlab, uni noqonuniy tarzda elektr tarmog‘iga ulab kelgan shaxs ushlandi.

 

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Vobkent tuman bo‘limi hamda «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari taʼminoti korxonasi» aksiyadorlik jamiyati Shofirkon tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda aniqlandi.

 

Taʼkidlanishicha, Vobkentlik fuqaro R.O. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etgan. Ustiga-ustak, R.O. tegishli shartnomalar tuzilishini taʼminlamasdan tarkibida oltin zarralari mavjud bo‘lgan toshlarni maydalashga mo‘ljallangan, quvvati 18,5 kV bo‘lgan tegirmonini noqonuniy elektr tarmog‘iga ulab kelgani aniqlangan.

 

Umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 383,62 kV/soat elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalangani natijasida davlat manfaatlariga 110 023 200 so‘mlik zarar yetkazgan.

 

Shofirkon tumanining “Qayrag‘och” mahallasi fuqarosi U.U. ham xuddi shunday noqonuniy holatni sodir etgani aniqlangan. Shofirkon tumani prokurori adliya maslahatchisining holat yuzasidan o‘rganuvlariga ko‘ra, U.U. noqonuniy oltin zarralari toshlarini maydalashga moslashtirilgan tegirmonini 238694,4 kV/soat elektr energiyasi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Buning oqibatida u davlat manfaatlariga 70 414 848 so‘m miqdorida ziyon yetkazgan.

 

R.O. hamda U.U.ning hatti-harakatlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish) 3-va 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbuga asosan, aybdor bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud, bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Hozirgi kunda har ikki holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"