O'zbekiston

Buxoro amirligi tarixiga oid adabiyotlarning elektron versiyasi Buxoro AKMga sovg‘a qilindi

Tarixiy adabiyotlarning asl nusxasi Rossiya milliy kutubxonasi fondida saqlanadi.

Buxoro amirligi tarixiga oid adabiyotlarning elektron versiyasi Buxoro AKMga sovg‘a qilindi

 

Joriy yil 24–26-may kunlari Buxoro shahrida anʼanaviy “Central Asia – 2023: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi va "Kitob va mutolaa jamiyat taraqqiyotidagi strategik resursi" II Hamdo‘stlik forumi bo‘lib o‘tishi maʼlum qilingandi.

 

Bugun Abu Ali ibn Sino Axborot-kutubxona markazida ushbu tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda arxivariuslar, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, shuningdek, hududiy axborot-kutubxonalar rahbarlari va xodimlari, mahalliy OAV vakillari, xorijiy soha mutasaddilari ishtirok etdi.

 

Matbuot anjumanida Ozarbayjon Milliy kutubxonasi direktori Kerim Taxirov, Nazarboyev universiteti kutubxonasi direktori o‘rinbosari Pyotr Lapo, Rossiya Milliy kutubxonasi bosh direktori Vladimir Gronskiy so‘zga chiqib, Xalqaro konferensiya va Hamdo‘stlik forumining axborot-kutubxona, arxiv ishi hamda nashriyotlar faoliyatini yana-da rivojlantirishdagi ahamiyati, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishda zaruriy maydon ekanligini taʼkidlashdi.

 

Anjuman doirasida Rossiya Milliy kutubxonasi va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro axborot-kutubxona markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Shuningdek, Rossiya milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan Buxoro amirligi tarixiga oid adabiyotlarning elektron versiyasi Buxoro AKMga sovg‘a qilindi hamda Xalqaro konferensiya doirasida ushbu adabiyotlarning taqdimoti bo‘lib o‘tishi maʼlum qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, ertaga “Central Asia – 2023: Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi ertaga o‘z ishini boshlaydi.

 

Konferensiyaning 1-ish kunida “Axborot va kutubxona aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"