O'zbekiston

O‘smirlarda ovoz dag‘allashishi jiddiy kasallik alomatimi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

O‘smirlarda ovoz dag‘allashishi jiddiy kasallik alomatimi?

 

Balog‘at payti hech qanday shamollash yoki tomoq og‘rig‘i bo‘lmasa-da ko‘pchilik o‘g‘il-qizlarda ovoz dag‘allashishi kuzatiladi. Xo‘sh, bunday o‘zgarishning sababi nima?

 

Tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimovaning maʼlumot berishicha, o‘smirlik davrida organizmda turli gormonal o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Gormonlar o‘g‘il-qizlarning normal o‘sishi va tananing rivojlanishida muhim o‘rin tutib, bu – endokrin tizimning meʼyorda ishlashini talab etadi.

 

Biroq o‘smirlikda gormonlarning sekretor maromi buzilib, ular ko‘payishi mumkin. Ushbu holat baʼzida ovoz dag‘allashishiga sabab bo‘ladi. Ammo bu vaqtinchalik holat.

 

Bordi-yu ovoz yo‘g‘onlashishi qalqonsimon bez kasalliklari ovoz paychalarining zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lsa, tibbiy tekshiruvdan o‘tish talab etiladi.

 

Buning uchun endokrinolog-shifokor maslahati zarur. Ushbu mutaxassis qalqonsimon bezning UTT tekshiruvi bilan birga, gormonlar tahlili (TTG erkin T4)dan so‘ng bemorga kerakli davo muolajalarini tayinlaydi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"