O'zbekiston

Umra pullari onlayn qimorga tikildi

Andijonda mansabdor Umra ziyorati uchun fuqarolardan olgan 1,6 milliard so‘mni onlayn qimorga tikib yubordi.

Umra pullari onlayn qimorga tikildi

 

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida mansabdor Umra ziyoratiga yuborish maqsadida fuqarolardan olgan 1 millard 650 million so‘m pulini onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani maʼlum bo‘ldi. Aldanganlar soni 70 ga yaqin. Bu haqda "Markaziy studiya" dasturida xabar berildi.

 

2019 yildan boshlab Umra ziyoratlari uchun amalga oshirilgan to‘lov pullari Musulmonlar idorasining hisob raqamiga emas, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi shaxsiy hisobiga tushirilgan.

 

To‘lov cheki safarga chiqayotganlaridan berilishi vaʼda qilingan 70 nafarga yaqin fuqaro hokimiyat idorasida aldanishini kutmagan.

 

«Qirg‘iziston orqali oson borib kelishyapti, ham arzonroq. Ko‘ryapsizmi, unga ishonmay, davlat xodimiga ishonib, bu yerdan "otilib qoldik“. Uning halolligini, birovning haqidan qo‘rqishini bilib saylashadimi? O‘zining xodimini bilmasa, biz ko‘chada yurgan odamlar qanday bilamiz? Shuncha yil hokimiyatda turib, bir oyda nima ish qilding, 15 kunda nima ish qilding deb nazorat qiladigan topilmaganmi?», — deydi aholi vakillari.

 

Hokimlik mutaxassi Jasur Mo‘minov holatni izohlarkan, fuqaro qonuniy tartibda ishlash uchun ro‘yxatga olinganidan keyin to‘lovni faqatgina bankka to‘lashi kerakligini taʼkidladi.

 

Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan uzoq davom etgan tergov yakunlanib, ish sudga oshirilgan. Biroq sud zalida ayblanuvchining pullarni qaytarib berish vaʼdasiga ishonib, arizalarini qaytarib olishgan. Shu sababli ularga yetkazilgan moddiy zarar sud qarorida inobatga olinmagan. 27−30 nafar odam pullaridan voz kechib yuborgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sobiq masʼul ikki yil mansabdorlik va javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash vakolatidan mahrum bo‘lgan va besh yilga qamalgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Umra pullari onlayn qimorga tikildi