O'zbekiston

Afrikalik futbolchi O‘zbekistonda salkam 6 ming dollarga "chuv tushdi"

Futbolchiga ko‘ra, “Buxoro” PFK rahbariyati O‘zbekistonga taklif qilgan va u bilan shartnoma imzolashga kelishib olgan. Lekin...

Afrikalik futbolchi O‘zbekistonda salkam 6 ming dollarga "chuv tushdi"

 

Nomaʼlum firibgarlar “Buxoro” futbol klubi nomidan soxta taklifnoma tayyorlab, 17 yoshli afrikalik futbolchini 5 800 ming dollarga chuv tushirdi. Bu haqda “Buxoroisharif” nashri xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, G‘arbiy Afrika qitʼasida joylashgan Kot-D‘ivuar davlat fuqarosi Vamara Diarrassouba ismli futbolchini “Buxoro” PFK rahbariyati O‘zbekistonga taklif qilgan va u bilan shartnoma imzolashga kelishib olgan. Lekin aeroportida klub masʼullari uni kutib olmagan.

 

Hech kim bilan bog‘lana olmagan afrikalik futbolchi Toshkent aeroportida tunashga majbur bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, afrikalik futbolchining qo‘lida “Buxoro” professional klubining sobiq rahbari Muhsin Muhammadiyev nomi bilan imzolangan xat bor. Hujjatda 2023 yilning 4 may sanasi ko‘rsatilgan. M.Muhammadiyev esa 3 yil avval klub rahbarligidan ketgan. Shuningdek, mazkur “taklifnoma”da bir nechta jiddiy imloviy xatolar ham mavjud.

 

“Buxoro” PFK taklifnoma soxta ekani, aslida futbolchi bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaganini taʼkidladi.

 

"Ushbu chet el fuqarosini futbolchi sifatida (rasmda Kot-dIvuarʼivuar Respublikasi pasporti) Buxoro futbol klubi taklif etgani haqiqatga yaqin emas. Rasmda ko‘rsatilgan taklif qog‘ozi “Buxoro” PFKga taalluqli emas, yaʼni soxta hisoblanadi", – deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

 

Aniqlanishicha, g‘arbiy afrikalik 17 yoshli futbolchi 5 800 dollarga yaqin pullarini “Buxoro” nomidan taklif etgan firibgarlar hisobiga o‘tkazib bergan.

 

Ayni damda esa Vamara Diarrassouba poytaxt Toshkentdagi mehmonxonalarning biriga joylashtirilgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"