O'zbekiston

Navoiy: “Langar”dagi 58-maktab yana “trend”da. Bu gal o‘quvchilar mushtlashdi

Avvalroq xuddi shu maktabda o‘quvchi qiz dori ichib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgandi.

Navoiy: “Langar”dagi 58-maktab yana “trend”da. Bu gal o‘quvchilar mushtlashdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar ommaviy janjallashgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur voqea yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.

 

Maʼlum qilinishicha,, bu holat Xatirchi tumani “Langar” MFYda joylashgan 58-sonli maktab o‘quvchilari orasida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida voqea 2023 yilning 23 fevral kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida yuz bergan. Unda 58-sonli maktabning 11- va 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqanligi maʼlum bo‘lgan. Buning oqibatida 11-sinf o‘quvchisi J.L. va 9-sinf o‘quvchisi A.I. yengil tan jarohati olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, ushbu janjalda ishtirok etgan 13 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchisining ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy jinoyatlar to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, hujjatlar tuman voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilib, bir bazaviy hisoblash miqdorida jarima tayinlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 may kuni soat 15:00 larda “Langar” MFYda yashovchi fuqaro M.A. shu mahallada joylashgan 58-sonli maktabga kelib 6 aprel kuni qizi darsdan chiqib ketib, yashash xonadonida dori ichgan. Ota esa bunga direktor T.S. aybdorligini aytgan va maktab binosiga pichoq bilan kelib, janjal ko‘targandi. 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"