O'zbekiston

Jizzaxda avtomobil ishlab chiqaruvchi yangi zavod quriladi

Zavod uchun 10 gektardan ortiq maydon ajratilgan.

Jizzaxda avtomobil ishlab chiqaruvchi yangi zavod quriladi

 

Jizzax viloyatida “BYD Uzbekistan Factory” zavodi quriladi, deya xabar bermoqda “Yangi O‘zbekiston”  nashri.

 

Gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur zavodni UzAuto hamda BYD Auto hamkorligida quradi. O‘zAvtoning hamkor sifatida ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘yicha gigant avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan 2022 yil fevral oyida kelishuvga erishilgandi.

 

“BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma zavodi negizida BYD avtomobillari ishlab chiqarilishi joriy yilning kuziga rejalashtirilgan.

 

2023 yil 19 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “BYD Uzbekistan Factory” muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida avtomobillar ishlab chiqarish zavodi qurilishiga start berilgandi.

 

Ishlab chiqarish maydoni 10,6 gektar bo‘lgan “BYD Uzbekistan Factory” zavodi Jizzax viloyatidagi “Jizzax Auto” zavodi negizida tashkil etilib, xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatib, NEV avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.

 

Zavodning ishlab chiqarish quvvati BYD “Chazor” va “Song Plus” modellarining birinchi bosqichda yillik 50 mingdan ortiq NEV avtomobillarini ishlab chiqarish, shuningdek, to‘liq sikl bo‘yicha avtomobillar ishlab chiqarish bazasini yaratish uchun jihozlanadi.

 

Bu, o‘z navbatida, korxonada 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratadi. Bugungi kunda qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish binosi loyihani amalga oshirishni boshlashga to‘liq tayyor.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"