O'zbekiston

Navoiyda boshqa mijozlarni kutishni istamagan yo‘lovchi haydovchining mashinasini olib qochdi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Navoiyda boshqa mijozlarni kutishni istamagan yo‘lovchi haydovchining mashinasini olib qochdi

 

Boshqa yo‘lovchilarni kutishni istamagan mijoz avtomashinani olib qochdi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Holat joriy yilning 17 may kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yuz bergan. 35 yoshli fuqaro R.F. Nexia rusumli avtomashinasida Navoiy–Qiziltepa yo‘nalishi bo‘yicha kirakashlik qilish uchun yo‘lovchi kutib turgan vaqtida nomaʼlum bir erkak kishi kelib, uni Qiziltepa tumani markaziga olib borib quyishini so‘ragan. Haydovchi bunga rozi bo‘lganidan so‘ng mijoz avtomashinaga o‘tirgan, u esa boshqa yo‘lovchilarni izlashni davom ettirgan. Shundan so‘ng mijoz uning avtomashinasiga o‘tirib, uni boshqa yo‘lovchilarga chalg‘iganligidan foydalanib, transport vositasini olib qochgan.

 

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan avtomashinani Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 187-km oralig‘ida nomaʼlum shaxs tomonidan boshqarib ketilayotgan vaqtda Navoiy viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

 

Ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilganda u Qiziltepa tumanida yashovchi, “Shizoaffektiv buzilishi aralash tipi” tashxisi bilan Asab va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi 34 yoshli K.I. ekanligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"