O'zbekiston

Prezident Oydin Hojiyeva vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston xalq shoiri 13-may kuni 81 yoshida vafot etdi.

Prezident Oydin Hojiyeva vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Taniqli ijodkor, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Oydin Hojiyevaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyiladi xabarda.

 

Oydin Hojiyeva 1942 yil 22 aprelda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ildi. Ushbu tumandagi o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil oldi. “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, keyinchalik “Gulxan” jurnalida bosh muharrir vazifasida xizmat qildi.

 

Oydin Hojiyeva O‘zbekiston xotin-qizlarining “Saodat” jurnalida samarali ishlab, ko‘p yillar unga bosh muharrirlik qildi.

 

Uning “Shabnam” deb nomlangan dastlabki sheʼriy kitobi 1970 yilda nashr qilindi. O‘zining qariyb oltmish yillik ijodiy faoliyati davomida sheʼriyat va publitsistika janrlarida “Manzillar”, “Men sevgan qo‘shiq”, “Navo”, “Xushxabar”, “Mushfiq onajon”, “Chashmalarni izlayman”, “Tanlangan asarlar” nomli va boshqa o‘nlab betakror asarlar yaratib, Vatanga muhabbat va sadoqat, onaga, ayol zotiga yuksak ehtirom, qadrdon zaminga beqiyos mehr kabi tuyg‘ularni o‘zbek shoiralariga xos yuksak nazokat va yoniq qalb bilan kuylab o‘tdi.

 

Uning asarlari dunyoning o‘nlab tillarida nashr etilgan edi.

 

O‘z navbatida Oydin Hojiyeva ko‘plab jahon va qardosh xalqlar adabiyoti yetuk namoyandalarining sheʼriy asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faol aʼzosi sifatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, adabiy jarayonlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh isteʼdod egalari, ayniqsa, ijodkor qizlarni tarbiyalash borasida ham ibrat ko‘rsatdi.

 

Oydin Hojiyeva “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"