O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilariga berilayotgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari orasidan dori chiqqani aytildi

Holat yuzasidan prokuratura bayonot berdi.

Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilariga berilayotgan bepul oziq-ovqat mahsulotlari orasidan dori chiqqani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarida Qoraqalpog‘istonda keytering usulida yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan tabletka ko‘rinishida dori vositalari chiqqani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan respublika prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bir guruh shaxslar keytering usulida oziq-ovqat taʼminotini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga nisbatan tuhmat uyushtirish orqali ularni obro‘sizlantirish maqsadida 3 ta holatda ichiga dori vositalari joylashtirilgan bulka va pryanik mahsuloti go‘yoki Ellikqalʼa va Beruniy tumanlaridagi taʼminotchilar tomonidan tarqatilgani haqidagi iddaolar bilan “ANTIKORRUPSIYA” telegramm kanaliga ro‘yi-rost asossiz va noxolis maʼlumotlar joylashtirilishiga erishib, tadbirkorlik subyektlarining ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazishgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “g” bandi (Tuhmat) va 192-moddasi (Raqobatchini obro‘sizlantirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergovi yakuniga ko‘ra, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etiladi.

 

“Bundan tashqari, keytering usulida oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash barcha masʼul idoralar eʼtiborida va ushbu sohada qonuniylikni taʼminlashning barcha choralari ko‘rib boriladi”, —deyiladi xabarda.

 

 

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"