O'zbekiston

Poytaxtda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha II Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

Forumda 200 dan ortiq delegat va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Poytaxtda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha II Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

 

Joriy yilning 18-may kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni tatbiq etish” II Xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

 

Yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ikkinchi xalqaro forumda 200 dan ortiq delegatlar, shu jumladan, kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha J-PAL global tashabbusi, BMT, BMTTD, XMT, Jahon banki, YUNICEF, OTB, FTA, GIZ va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, Forumda Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shichen Chen, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Konsuelo Vidal Brus, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Xitoy Xalq Respublikasining kambag‘allikka qarshi kurash xalqaro markazi direktori Lyu Szyunven, Pekin pedagogika universiteti professori, Qishloq hududlari reabilitatsiyasi milliy departamenti rahbari Chjan Si o‘z maʼruzalari bilan qatnashadi.

 

Bundan tashqari, Forumda Ozarbayjon Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etishadi.

 

Xalqaro forumning maqsadi – kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasi va usullarini o‘rganish, yaqin yillarda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikka barham berishda muvofiqlashgan kompleks yondashuv, ijtimoiy himoya va manzilli yordamga alohida eʼtibor qaratgan holda amalga oshiriladigan qo‘shma tadqiqotlar uchun ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, inson kapitalini takomillashtirish orqali mehnat bozorida o‘qitish dasturlari sifatini oshirish, kichik korxonalarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, yuqori sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"