O'zbekiston

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi

O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholashdan o‘tkazildi. Qayd etilishicha, 2023-yilda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish uchun 62 ta davlat tashkilotining ro‘yxati shakllantirilgan va ularga “E-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlari davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan tashkillashtirilib, baholash natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilgan.

 

10-aprel holatiga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan elektron platformaga yuborilgan maʼlumotlar asosida 39 ta vazirlik va idora uchun (har bir funksiya bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari to‘liq shakllantirilgan.

 

Mazkur vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiya korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi 177 ta funksiyada “yuqori”, 475 ta funksiyada “o‘rta”, 1049 ta funksiyada “past” baholangan.

 

“Baholash natijalari tahlil qilinganda ayrim davlat tashkilotlari tomonidan barcha funksiyalar to‘liq baholashdan o‘tkazilmagani, funksiyalarni baholashda tashkilotning aksariyat funksiyalari asossiz past baholangani, shuningdek, tashkilot rahbariyati tomonidan mazkur amaliyotga yetarlicha eʼtibor qaratilmagani maʼlum bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Xususan, Adliya vazirligida 208 ta funksiyalardan 24 ta (11,5 foiz), Qishloq xo‘jalik vazirligida 107 ta funksiyalardan 51 ta (47,6 foiz), Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida 60 ta funksiyalardan 12 ta (20 foiz), Kadastr agentligida 116 ta funksiyalardan 12 ta (10,3 foiz) hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida 88 ta funksiyalardan 10 tasi (11,3 foiz)gina baholashdan o‘tkazilgan.

 

Transport vazirligida platformaga kiritilgan 72 ta funksiyadan 66 ta, Statistika agentligida 55 ta funksiyalardan 51 ta, Texnik jihatdan tartibga solish agentligida 118 ta funksiyalardan 115 ta va “O‘zbekiston temir yo‘llariʼ” AJda 42 ta funksiyalardan 40 tasi past baholangan.

 

Shuningdek, mahalliy hokimliklarda amalga oshiriladigan funksiyalarning yagona ro‘yxati shakllantirilmasdan elektron platformaga maʼlumotlarni kiritishda hokimliklar tomonidan turlicha yondashilgan. Jumladan, Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 155 ta, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan 198 ta, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 35 ta va Toshkent shahar hokimligi tomonidan esa 13 ta funksiya baholashdan o‘tkazilgan.

 

Taʼkidlanishicha, 23 ta vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilmagan va shu sababli ular uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari shakllantirilmagan.
Keng jamoatchilik “E-anticor.uz”  platformasi orqali davlat organlarining baholashdan o‘tkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega. Bu boradagi taklif va mulohazalar asosida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

 

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash choralarini ko‘rmagan davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish bo‘yicha axborotlari Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishlarida eshitiladi va muhokama qilinadi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashiga yuborilgan.

 

Yanvar oxirlarida Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksi 2022-yil natijalari e’lon qilingandi. 180 ta davlat orasida O‘zbekiston 31 ball bilan 126-o‘rinni egalladi. Mamlakat ballarini 3 taga oshirib, o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilashga (2021-yilda 140 o‘rin) muvaffaq bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"