Jahon

Hindistonda harbiy samolyot uy ustiga quladi

Hodisa oqibatida, tinch aholi vakillari halok bo‘ldi.

Hindistonda harbiy samolyot uy ustiga quladi

 

Hindiston Harbiy-havo kuchlariga qarashli “MiG-21” qiruvchi samolyoti Rajastan shtatida uy ustiga qulab tushdi. Oqibatda, uch nafar tinch aholi halok bo‘ldi

 

Qayd etilishicha, harbiy samolyot Suratgarx shahri yaqinida rejalashtirilgan o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragan.

 

Uchuvchining o‘zi jarohat oldi. Politsiyaning taʼkidlashicha, u "qurbonlarining oldini olish uchun barcha saʼy-harakatlarini qilgan", ammo uch ayol halok bo‘lgan.

 

Hodisa yuzasidan rasmiylar tergov boshladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"