O'zbekiston

“Ota-onasiga rahmat aytishimiz kerak”

Yelkasiga bayroq taqqani uchun jarimaga tortilgan yigit ishiga deputat munosabat bildirdi.

“Ota-onasiga rahmat aytishimiz kerak”

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yelkasiga bayroqli lenta taqib olgan yigitni IIB xodimlari olib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Shundan so‘ng yigit “Bitiruvchi” deb yozilgan bayroqli tasma taqib yurgani uchun IIBga olib ketilgan va jarimaga tortilgan.

 

Holat bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Qodir Jo‘rayev munosabat bildirdi.

 

“Shu o‘rinda o‘smir yigitning ushbu hatti-harakatini huquqbuzarlik deb malakalash qanchalik to‘g‘ri, degan haqli eʼtirozlar  bildirilmoqda. Azbaroyi qonun va adolat nuqtai nazaridan yondashadigan bo‘lsak, bu yerda hech qanday huquqbuzarlik sodir etilmagan”, — deydi deputat.

 

Izohlanishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning 52-moddasida davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emasligi belgilangan. Biroq yigit bayroqli tasmadan tijorat maqsadlarida foydalangani yo‘q.

 

Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilishda shaxsni aybdor deb topish uchun aybdorning davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilishda ifodalanadigan faol harakatlari bo‘lishi kerak. Odatda hurmatsizlik qilish qonunga xilof, ijtimoiy xavfli harakatda ifodalangan bo‘ladi. Masalan, bayroqni yirtish, yo‘q qilish, shikast yetkazish, yoqib yuborish,  shuningdek, uni bulg‘ovchi belgi, rasmlar yoki yozuvlar kiritish va hokazolar bilan sodir etiladi. Biroq yigit tomonidan yuqoridagi xatti-harakatlarning birortasi sodir etilmagan.

 

Binobarin, yigitni na Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 203-1-moddasi (Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik), na Jinoyat kodeksining 215-moddasi (Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish) bo‘yicha javobgarlikka tortish mumkin emas.

 

“Aksincha milliy bayrog‘imizni faxr-iftixor ila ko‘kragiga taqib yurgani uchun yigitga, unga shunday tarbiya bergani uchun ota-onasiga rahmat aytishimiz kerak”, — deb yozadi Qodir Jo‘rayev.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"