O'zbekiston

Buxoroda IIB xodimlari va soliqchi mushtlashdi

Hozirda soliq idorasi xodimi uy qamog‘ida tergov qilinmoqda.

Buxoroda IIB xodimlari va soliqchi mushtlashdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Olot tumanida IIB va soliq idorasi xodimlari o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Holat joriy yil 22-aprel kuni soat 16:00 larda YPX inspektorlari — katta serjant J.S. hamda safdor K.B. o‘zlarining xizmat hududi hisoblangan tuman markazidagi Maʼrifat ko‘chasida xizmat olib borayotgan vaqtlarida sodir bo‘lgan. Ular Nexia haydovchisi F.J. shu ko‘chani kesib o‘tuvchi yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, unga shikast yetkazganiga guvoh bo‘lishgan va ushbu holatni rasmiylashtirish maqsadida hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelishgan.

 

Shu vaqtda mazkur holatga umuman aloqasi va daxldorligi bo‘lmagan 1993 yilda tug‘ilgan, Buxoro viloyati Davlat Soliq boshqarmasi Qorako‘l tumani bo‘limi maʼmuriy amaliyot yuristi, Olot tumani “Chorbog‘” mahallasida yashovchi N.O‘. hodisa joyiga yetib kelib, hech bir sababsiz holatni rasmiylashtirayotgan IIB xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan. U xizmat vazifalarini bajarib turgan xodimlarni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, kuch ishlatgan va turli darajadagi tan jarohatlarini yetkazgan.

 

Janjal oqibatida katta serjant S.J.ning “o‘ng qo‘l 4-5 barmoqlarida hamda o‘ng qo‘l tirsak sohasida shilinma”, safdor B.K.ning esa “bo‘yin sohasida shilinma” kabi “sog‘liqning buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil shikast” toifasiga kiruvchi tan jarohatlari yetkazilganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat sodir bo‘lgan vaqtda katta serjant S.J. hamda safdor B.K.lar hushyor holda xizmat vaqti hamda xizmat kiyimida bo‘lgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Olot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi N.O‘.ga nisbatan “uy qamog‘i” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

“Tergov yakuni bo‘yicha ayblanuvchining harakatlariga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi xabarda.

 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"