O'zbekiston

Endi qishloq xo‘jaligi texnikalarini majburiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Bu bo‘yicha “Texnikalar texnik ko‘rigi” axborot tizimi yaratiladi.

Endi qishloq xo‘jaligi texnikalarini majburiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

 

29-aprel kuni “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyulgacha “Texnikalar texnik ko‘rigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

 

2023 yil 1 maydan jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlar jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

 

2023 yil 1 avgustdan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uchun “Hisob-maʼlumotnoma” berish amaliyoti joriy etiladi.

 

2023 yil 1 sentyabrdan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida talon berish amaliyoti bekor qilinadi (xorijiy davlatlarga ishga yuboriladigan texnikalardan tashqari).

 

Shuningdek, eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorchi-mashinist guvohnomasini majburiy tartibda almashtirishning yakuniy muddati 2023 yil 31 avgust etib belgilandi.

 

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga ko‘ra, texnikalar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

 

Texnikalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari Inspeksiya, davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP (my.gov.uz) orqali texnika egasi yoki uning vakili so‘rovnomasiga asosan amalga oshiriladi.

 

Texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda:

 

—texnik pasport beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda o‘ziyurar mashinalarni davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – BHMning 20 foizi (66 000 so‘m) miqdorida;

 

—texnik guvohnoma beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – BHMning 18 foizi (59 400 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"