O'zbekiston

To‘rtko‘lda Malibu haydovchisi nogiron fuqaroni kaltakladi

Holat bo‘yicha prokuratura maʼlumot berdi.

To‘rtko‘lda Malibu haydovchisi nogiron fuqaroni kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida 15 bola bir bolani ayovsiz kaltaklagani aytilgan video tarqaldi. Respublika prokuraturasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, 24 aprel kuni soat 16:00 larda fuqaro I.I. boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomashinasida 1-guruh nogironi D.b. boshqaruvidagi Spark rusumli avtotransport vositasini orqasidan quvib kelib, to‘xtatgan. U “nega meni yo‘lda qisib ketding” degan bahona bilan bolalikdan nogiron, ikki oyog‘i ishlamaydigan D.B.ni yuzlariga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan hamda voqea joyidan ketgan.

 

Fuqaro D.B. o‘zining kaltaklanganligi haqida akasi D.M. hamda ukasi D.A.larga xabar berganidan keyin aka-ukalar vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida I.I.ni telefon orqali tumanning Yoshlik mahallasidagi “Samarqand” ko‘chasi bo‘yida joylashgan bog‘ oldida uchrashuvga chaqirishgan.

 

Shu kuni soat 18:00 larda uchrashuvga I.I. tanishi b.U. bilan birga borganida, aka-ukalar D.M. va D.A.lar “nogiron ukamni nega urasan” deb I.I. bilan o‘zaro tortishib, uni urib tan jarohati yetkazishgan.

 

Mazkur holat Respublika prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, Respublika prokurorining 29 aprel kungi qarori bilan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

“Jinoyat ishi tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi ish yurituviga topshirildi. Tergov natijasiga ko‘ra, har ikkala tomonning harakatlariga qonuniy baho berilishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"