O'zbekiston

Xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi

 

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 aprel kungi qarori bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.

 

Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

 

—xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash;

 

—loyihalar doirasida qarz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘lsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda QQSni to‘lash;

 

—Davlat byudjetidan QQSni to‘lash uchun mablag‘ ajratilgunga qadar loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga QQSni kechiktirib to‘lash huquqi berish;

 

—xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanadigan QQSni qoplab berish.

 

QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etiladi.

 

To‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘laridan QQSni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan loyihalar bo‘lganda, qarz oluvchilarga QQSni to‘lash uchun Davlat byudjetidan mablag‘lar ajratiladi.

 

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar bo‘lganda, QQS uchun to‘lovlar qarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"