O'zbekiston

Buxorodagi ustaxonada gaz balloni yorilib ketdi

Oqibatda 2 kishi 95 foiz kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Buxorodagi ustaxonada gaz balloni yorilib ketdi

 

Bugun, 28 aprel kuni Buxoro shahridagi ustaxonalarning birida maishiy gaz balloni yorilib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

 

Holat Buxoro shahar «S.Rahimov» MFY hududidagi yo‘l yoqasida joylashgan MJCHga qarashli avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yuz bergan. Ustaxonada hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni yorilgan.

 

Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan. Shifokorlarning dastlabki tashxisiga ko‘ra, fuqarolar — 1985-yilda tug‘ilgan S.Sh. va 1986-yilda tug‘ilgan K.Sh. 90-95 foiz kuyish tan jarohatini olgan. Ular RSHTYIM Buxoro filiali kuyish bo‘limiga yotqizilgan va hozirda ahvoli og‘ir.

 

Maʼlum bo‘lishicha, gaz ballonini taʼmirlash jarayonida u yorilib ketgan va ustaxonaning eshik hamda derazalari sinib shikastlangan.  

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"