O'zbekiston

Namanganda nomaʼlum erkak talaba qizga onasini o‘ldirish bilan tahdid qildi

Otasi chet elga ishlashgani ketgan talaba qizning maʼlum qilishicha, u notanish shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo‘rqitib kelingan.

Namanganda nomaʼlum erkak talaba qizga onasini o‘ldirish bilan tahdid qildi

 

Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan talaba qizning maʼlum qilishicha, uni taʼqib qilgan bezori yigit hattoki onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

 

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi talaba qiz nomaʼlum bir shaxs tomonidan doimiy ravishda telefon orqali qo‘rqitib bezovta qilinayotgani bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) ishonch telefoniga  murojaat qilgan. Otasi chet davlatiga ishlash uchun ketgan murojaatchi qizning Ombudsmanga yozishicha, yigit uni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilgan, hattoki, onasini o‘ldirish bilan ham qo‘rqitgan.

 

Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.

 

Olib borilgan o‘rganishlar davomida, murojaatchini qo‘rqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan  A.O.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga oshirildi.

 

2023 yil aprel oyidagi Jinoyat ishlar bo‘yicha Chortoq tuman sudining tegishli hukmiga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 41-moddasi qo‘llanilib, unga eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, aybdor A.O. dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi to‘g‘risida tilxat olindi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"