O'zbekiston

Denovlik erkak ukasining xotinini urib, jag‘ini sindirib tashladi

Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Denovlik erkak ukasining xotinini urib, jag‘ini sindirib tashladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida kelinning qaynakasi uni urib, jag‘ini sindirib tashlagani haqida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Hodisa 21 aprel kuni soat 17:30 larda Denov tumani «Elobod» mahallasida yuz bergan. Mazkur mahallada yashovchi Q.Y. qarindoshi J.M. ismli ayol bilan avvaldan davom etib kelayotgan oilaviy nizolari sababli uning yashash uyida o‘zaro janjallashib qolgan va ayol tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bemorga o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari tashxisi qo‘yilgan.

 

Holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105- moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi shaxs Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

“Tergov harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz”, – deyiladi xabarda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"