O'zbekiston

O‘zbekistonda piyozning yangi navi yaratildi

U odatiy piyozlardan bir oy oldin pishib yetiladi.

O‘zbekistonda piyozning yangi navi yaratildi

 

O‘zbekistonda piyozning yangi “Malla” navini yaratishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, yangi piyoz navining urug‘i yerga martning dastlabki o‘n kunligida sepiladi. 15 sotix yer maydoniga 10-12 kilogramm piyoz urug‘i sepiladi, shu maydondan terib olingan piyozboshchalar bir gektar maydonga yetadi. Piyozboshchalar gilos kattaligida bo‘lgandan so‘ng yig‘ib olinadi. Piyozboshchalar quritilib, alohida joyga olib qo‘yiladi. Sentyabr oyining birinchi dekadasida piyozboshchalar 70×10 sxemada 4 qatordan gektariga 571,4 ming dona ekiladi.

 

Piyozboshchalar ekilganidan so‘ng unga bir marotaba suv qo‘yiladi. Shundan so‘ng piyozboshchalar ko‘kara boshlaydi. Qishning sovuq kunlarida yetishtirilgani uchun piyozlarni o‘tash shart emas, sababi, ushbu mavsumda o‘tlar o‘z-o‘zidan nobud bo‘ladi.

 

Ekilgan piyozlarga erta bahorda bir marotaba ishlov beriladi. Shuningdek, bir marotabadan kultivatsiya va chopiq, yengil oziqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Uni yana ikki marotaba sug‘oriladi.

 

Bahorda, yaʼni 15 aprelda piyoz texnik pishib yetiladi va aholi isteʼmoli uchun mahalliy bozorlarga chiqariladi. Yangi piyoz navining afzalligi – u odatiy piyozlarga qaraganda bir oy oldin pishib yetiladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"