O'zbekiston

Qashqadaryoda olimpiadada eng yuqori ball olgan o‘quvchiga 4-o‘rin berilgani aytildi

Holat bo‘yicha rasmiylar munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda olimpiadada eng yuqori ball olgan o‘quvchiga 4-o‘rin berilgani aytildi

 

Ijtimoiy  tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan xorijiy til olimpiadasida hammadan yuqori ball olgan o‘quvchiga 4-o‘rin berilgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, videolavhadagi jarayonda Qamashi tumanidagi 6-sonli maktab jamoasi to‘plagan ball natijalarida aslida yuqori ekanligi qayd etilgan. “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovni tuman bosqichi bo‘yicha Qamashi tumanidan 1-o‘rin 44-maktabga, 2-o‘rin 63-maktabga va 3-o‘rin 72-maktabga berilgan.

 

Videolavhada aytilgan Qamashi tumanidagi 6-maktab jamoasini to‘plagan ball  25,92 ni tashkil etgan. O‘quvchilar ko‘rsatkichi yuqori natija bo‘lsada, umumiy tartibda baza orqali maktab (o‘qituvchilari)ni to‘plagan ballari past bo‘lgan. Shu sababli  nizom talablarida asosiy ko‘rsatkichlar bilan erishilgan natija umumlashtirishi qayd etilgan.

 

Nizomga ko‘ra, maktab jamoasining har bir aʼzosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari maktabning umumiy natijasini hosil qiladi. Ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha mos holda turli xalqaro sertifikatsiyalangan standartlar bo‘yicha baholash tizimi qo‘llanilganda, maktablarning natijalarini hisoblash 100 ballga proporsional tarzda amalga oshiriladi. Uchinchi bosqich natijalariga ko‘ra umumiy hisobda eng yuqori ball to‘plagan maktablar 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi. Har bir bosqichda g‘oliblikka daʼvogar jamoalarning ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha sinov tashkil etiladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"