O'zbekiston

Yangilanayotgan konstitutsiya xorijiy ekspertlar nigohida

Toshkentda "Konstitutsiyaviy islohotning mazmuni va mohiyati: Yangi O‘zbekiston — yangilanayotgan Konstitutsiya" mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Yangilanayotgan konstitutsiya xorijiy ekspertlar nigohida

 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan tashkil etildi.

 

Ushbu muhim xalqaro forumda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya, Avstriya, Belgiya, Vengriya, Sloveniya, Polsha, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan yetakchi siyosatchilar, davlat arboblari, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi. Bundan tashqari BMT, BMT TD, YEI va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning bir qator vakillari ham tadbirda hozir bo‘lishdi.

 

 

Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning ahamiyatini aholi va xalqaro jamoatchilikka yetkazish, mahalliy va xorijiy ekspert-tahliliy doiralar vakillari, taniqli huquqshunoslar va olimlarning konstitutsiyaviy islohotlar haqidagi fikr-mulohazalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

 

Xalqaro konferensiya ishida yangilangan Konstitutsiyada o‘z ifodasini topayotgan muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy, huquqiy va dunyoviy davlat tamoyillarini rivojlantirishning, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning konstitutsiyaviy asoslari kabi masalalar muhokama qilindi.

 

 

Tadbirda inson huquqlari himoyasi, xususiy mulk daxlsizligini taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlari bilan bog‘liq normalar ishtirokchilarning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Konstitutsiyaviy islohotlarning xususiy mulk daxlsizligi, erkin rivojlanish, sog‘lom raqobat, tadbirkorlik, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi kabi ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan uchinchi sessiyada ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishining konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuchaytirish – tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorligining eng muhim kafolati to‘g‘risidagi maʼruzalar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

 

Bundan tashqari sessiyada yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy yangiliklar muhokama qilindi. Konferensiya ishtirokchilari qulay va ishbilarmonlik muhiti, yerga bo‘lgan xususiy mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari masalalariga eʼtibor qaratishdi.

 

Davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat qurilishi tizimida fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek Ommaviy axborot vositalarning rolini kuchaytirish, fuqarolik jamiyatining bazaviy asosi – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga bo‘lgan huquqlarini kengaytirish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy yangiliklarga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Konferensiyada asosiy maʼruzachi hamda munozaralarda so‘zga chiqqan notiqlar Shuningdek, Konstitutsiyaning yangilanishi so‘ngi olti yil ichida erishilgan yutuqlarni mustahkamlashi hamda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yana-da rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha yangi marralarni zabd etishga umid bildirildi.

Polshalik davlat va siyosat arbobi, mazkur mamlakatning sobiq prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy Yangilanayotgan Konstitutsiyada qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, mustaqil sud hokimiyati va OAV erkinligini taʼminlash masalasiga alohida urg‘u berilayotganligini taʼkidladi.

 

Vengriyalik olim Aleksandra Doboyi, Fransiyaning Sciences Po siyosiy tadqiqotlar instituti professori Helena Alviar, Buyuk Britaniya parlamenti Jamoalar palatasi aʼzosi Alan Xyu Kerns, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik milliy markazi direktori Saidzoda Izzatullo Xabibullo, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi Sharqiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo instituti yetakchi ilmiy xodimi Syuye Futsi singari xalqaro ekspertlar ham O‘zbekiston Konstitutsiyaga kiritilayotgan muhim normalarning turli jihatlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"