O'zbekiston

Vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi

Endi yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga aerovokzal majmualarida kirish joylariga yaqin kelib to‘xtash uchun ruxsat beriladi.

Vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi

 

17-aprel kuni “Aerovokzal, temiryo‘l va avtobus vokzallarida xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram-kanalida xabar berildi.

 

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

 

—Aeroportlarning aerovokzal majmualarida va vokzal oldidagi maydonlarda xavfsizlikni taʼminlash tartibi to‘g‘risida;

 

—Temiryo‘l vokzallarida (stansiyalarida) yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilarning qo‘l yuki va bagajini ko‘zdan kechirish, ularning temiryo‘l vokzallarida (stansiyalarida) bo‘lishi tartibi to‘g‘risida;

 

—Avtovokzallarda (avtostansiyalarda) yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilarning qo‘l yuki va bagajini ko‘zdan kechirish, ularning avtovokzallarda (avtostansiyalarda) bo‘lishi tartibi to‘g‘risida.

 

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, jumladan, aerovokzal majmualari binolariga kirish joylariga yaqin kelib to‘xtash uchun faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi, shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti yo‘lovchilarni va tashrif buyuruvchilarni olib ketish va olib kelish uchun mo‘ljallangan avtomobil turargohi va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi.

 

Shuningdek, estakadadan foydalanish uchun yo‘lovchi tashish avtotransportlariga ruxsat beriladi. Bunda yengil avtotransportlarga estakadada 5 daqiqagacha hamda avtobus va mikroavtobus avtotransport vositalariga 10 daqiqagacha to‘xtab turishga ruxsat beriladi.

 

Barcha turdagi avtotransport vositalari aerovokzallar majmualari chegarasidan 30 metrdan kam bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.

 

Temiryo‘l vokzallarida ko‘zdan kechirishdan o‘tish vaqti yo‘lovchilarning poyezdga chiqishga kechikishi uchun shart-sharoitlar yaratmasligi zarur. Bunda ko‘zdan kechirish vaqtini qisqartirish maqsadida ko‘zdan kechirish tartib-qoidasini soddalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"