O'zbekiston

Endi homiladorlar "medоsmotr"dan o‘tishi uchun ishdan ruxsat beriladi

Kuchga kirayotgan yangi Mehnat kodeksida ayollar hamda oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxslarga alohida qo‘shimcha kafolatlar berilmoqda.

Endi homiladorlar "medоsmotr"dan o‘tishi uchun ishdan ruxsat beriladi

 

O‘zbekistonda 30 apreldan boshlab Yangi Mehnat kodeksi kuchga kiradi. Unda mehnat munosabatlari, xususan, ayollar hamda oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul bo‘lgan shaxslarga alohida qo‘shimcha kafolatlar berilmoqda.

 

Mazkur masala yuzasidan huquqshunos Muhammadamin Karimjonov “Daryo”ga bergan qisqacha intervyusida tushuntirish berdi.

 

“Yangi mehnat kodeksining 403-moddasida antenatal parvarishlash uchun ish beruvchi bo‘sh kunlar berishi shart, degan qoida kiritilmoqda. Bu nima degani? Bunda ayollar homilaning o‘ttizinchi haftasidan boshlab homiladorlik va tug‘ruq taʼtiliga chiqadi. Lekin bu davrga qadar, yaʼni homila o‘ttiz haftaga to‘lgunga qadar turli tibbiy ko‘riklardan o‘tiladi.

Ushbu holatda Yangi Mehnat kodeksida ish beruvchi ayolga o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda antenatal parvarish, yaʼni o‘sha tug‘ruqqacha bo‘sh kunlar berishi shartligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Demak ayollarimiz manashu holatda, albatta, o‘rtacha ish haqi saqlangan holda bo‘sh kun olib, tegishli tibbiy ko‘riklardan bemalol o‘tishlari mumukin bo‘ladi”, — dedi Muhammadamin Karimjonov.

 

Huquqshunosning alohida taʼkidlashicha, Yangi Mehnat kodeksidagi kafolatlar onaga, otaga, vasiy yoki homiyga ham berilishi mumkin.

 

“Amaldagi Mehnat kodeksida 12 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq farzandi bor onalarga 3 ish kuni qo‘shimcha taʼtil berilardi. Bundan faqat onalar foydalanishi mumkin edi.

Endi Yangi Mehnat kodeksining 407-moddasiga ko‘ra: 12 yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq farzandi, yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron farzandi bor ota-onadan biriga yoki vasiysiga ham taʼtil beriladi.

Bu degani, otalar ham bundan foydalanishi mumkin. Tasavvur qiling, ota yaxshiroq joyda ishlaydi, oyligi ko‘proq, ayolini esa oyligi kam. Agar ona to‘rt kalendar kun taʼtilni olsa, tabiiyki ayolga kamroq taʼtil puli chiqadi. Ota o‘sha taʼtilni olsa ko‘proq taʼtil puli chiqadi”, — dedi huquqshunos.

 

Muhammadamin Karimjonovning tushuntirishicha qo‘shimcha taʼtil olish uchun ota ham, ona ham ishlayotgan bo‘lishi kerak.

 

“Agar ona ishlamaydigan, bevosita bolani parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lsa, unda ota bundan foydalana olmaydi”, — dedi u.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"