O'zbekiston

O‘zbekiston pomidorlarida virus aniqlangani aytilmoqda

Holatga Qishloq xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

O‘zbekiston pomidorlarida virus aniqlangani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlangani haqida xabarlar tarqalib, bunga Qozog‘istonning “24KZ” telekanali orqali namoyish etilgan lavha asos qilib ko‘rsatilmoqda. Mazkur holatga Qishloq xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

 

Holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan dastlabki tezkor surishtiruv olib borilgan. Maʼlum bo‘lishicha, Qozog‘iston tomoni O‘zbekistondan import bo‘lgan pomidor mahsulotlarida pomidor jigarrang virusi (Tomato brovn rugose fruit virus) va boshqa karantin kasalliklar aniqlanganligi yuzasidan mahsulotlarni orqaga qaytarish holati kuzatilmagan va eʼtiroznoma (notifikatsiya) jo‘natmagan.

 

Tarqalgan xabarga izoh bergan fitosanitariya xizmatining Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari I.Begasilov pomidor jigarrang virusi aniqlanish holati yuzasidan import bo‘lgan 43 tonna pomidor mahsulotidan aynan O‘zbekistondan yuklangan pomidorlarda xavfli virus qayd etilmaganini telefon muloqotida tasdiqlagan.

 

Qayd etilishicha, 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida importer davlatlarning fitosanitariya talablariga muvofiq jami 24 147 tonna (shundan 14 424 Qozog‘iston Respublikasiga eksport uchun) pomidor mahsulotiga xalqaro fitosanitariya sertifikati berilgan va importer davlatlarning karantin xizmati tomonidan nomuvofiqlik holatlari aniqlanganlik yuzasidan eʼtiroz holati qayd etilmagan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"