O'zbekiston

Farg‘onada YPX xodimi Spark oynasini sindirdi

Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan.

Farg‘onada YPX xodimi Spark oynasini sindirdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yo‘l patrul xizmati xodimi Spark avtomashinasi oynasini sindirganii aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Holat bugun, 14-aprel kuni Uchko‘prik tumani Begobod qishlog‘i hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lida yuz bergan. YPX inspektori A.A.ga davlat raqam belgisiz, yon oynalari tusi o‘zgartirilgan Spark rusumli transport vositasi harakatlanib borayotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Shundan so‘ng inspektor avtomobilni to‘xtatish choralarini ko‘rgan. Lekin haydovchi J.J. xodimning to‘xtash va avtomashinadan tushish haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmagan. Ushbu vaziyatda xodim Ichki ishlar vazirligi buyruq talablariga asosan kuch ishlatib, avtomobil oynasini sindirib, haydovchini to‘xtatib qolgan.

 

“Holat yuzasidan haydovchi J.J.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydoniga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.

 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"