O'zbekiston

Andijon hokimi ishdan olingani aytilmoqda

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib Dilshod Karimov tayinlangan.

Andijon hokimi ishdan olingani aytilmoqda

 

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezident topshirig‘iga asosan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda o'z manbalariga tayanib, “Daryo” nashri yozmoqda.

 

Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan birga barcha viloyat rahbarlari prezident topshirig‘iga binoan chaqirtirilgan, viloyat hokimi guvohnomasi olingan. Andijon viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Karimov Abdumalikovich tayinlangan.

 

Dilshodbek Karimov 1980-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 2005-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan.

 

Ish faoliyatini 2001-yilda Qo‘rg‘ontepa tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘quv uslubiyot xonasi kompyuter-operatori vazifasidan boshlagan. 2002—2021-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani “Bunyodkor” kichik korxonasi hisobchisi, tuman iqtisodiyot bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qo‘rg‘ontepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari—Qorasuv shahar hokimi, Iqtisodiyot vazirligi hududlarni rivojlantirish dasturlarni monitoring qilish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

 

Shuhrat Abdurahmonov 2020-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan barcha siyosiy partiyalardan Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashiga saylangan deputatlarning birinchi sessiyasida Andijon viloyati hokimi etib qaytadan saylangandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"