O'zbekiston

Aliment to‘lamagan otalar majburiy jamoat ishlariga jalb qilinadi

Bu bo‘yicha qonunga yangi maʼmuriy jazo kiritilmoqda.

Aliment to‘lamagan otalar majburiy jamoat ishlariga jalb qilinadi

 

Aholi orasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etganlarni esa qilmishiga yarasha jazolash maqsadida xalqaro standartlarni o‘z ichiga qamrab olgan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlari kafolatlarini kuchaytiruvchi yangi qonun imzolandi.

 

2021 yilda voyaga yetmagan farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 5,3 mingdan ortiq fuqaro maʼmuriy qamoq jazosiga tortilgan bo‘lsa,  2022 yilda bu ko‘rsatkich 8,7 mingdan ortgan.

 

Qonunda aliment to‘lamaganlik uchun belgilangan jarima yoki qamoq jazosi aliment oluvchi bolaga hech qanday naf keltirmaydi. Aksincha, shaxsning mablag‘i jarima uchun undirilishiga yoki u qamoqqa olinib,  15 sutka mobaynida daromad topish va aliment to‘lash imkoniyatidan mahrum bo‘lishiga olib keladi.

 

Buni oldini olish uchun qonunga yangi maʼmuriy jazo turi, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish jazosi kiritilmoqda.

 

Bunda aliment to‘lamagan shaxsning jamoat ishlarini bajarib olgan haqining teng yarmi aliment oluvchiga beriladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"