O'zbekiston

Toshkentdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida nosozlik yuz berdi

Shu bois poytaxtning ikki tumanida chiroq o‘chdi.

Toshkentdagi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida nosozlik yuz berdi

 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining maʼlum qilishicha, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida poytaxtning ikki tumanida chiroq o‘chdi. 

 

Jumladan, Yunusobod tumanining: “Obod”, «Bog‘i bo‘ston», “Firdavsiy”, “Bodomzor”, «Mirzo Ulug‘bek», “Posira”, “TashGRES”, «Yangi Tarnov», «Buyuk turon», “Bo‘zsuv”, «Sayx Shivli», “Otchopar-1” va “Otchopar-2” MFYlari hamda «Toshkent Hayvonot bog‘i»;

 

Mirzo Ulug‘bek tumanining: “Darxon”, «Salar bo‘yi», “H.Olimjon”, “Mustaqillik”, “Oqqo‘rg‘on” hamda «Qori Niyozov» MFYlari hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/35/10 kV bo‘lgan “Astronomicheskaya”, “Ikarus”, “Karamurskaya”, “Savdo” hamda  “Botanika” podstansiyalarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi TashGRESdan chiquvchi kuchlanishi 110 kV bo‘lgan havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda avariya holat yuzaga kelib, elektr taʼminotida uzilish sodir bo‘ldi.

 

"Ayni vaqtda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi", —deyiladi xabarida.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"