O'zbekiston

Samarqandda Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi

MDH bosh kotibi Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya vazirlari uchrashuvi o‘tkazilishini maʼlum qildi.

Samarqandda Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi

 

Samarqand shahrida 13 aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari ishtirokida Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev maʼlum qildi.

 

14 aprel kuni Samarqandda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uning arafasida Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Afg‘oniston masalasini muhokama qilishadi.

 

“Unda Afg‘onistonga chegaradosh davlatlar vakillari, mening bilishimcha, Xitoy Xalq Respublikasi va Pokiston tashqi ishlar vazirlari singari muhim vazirlar ham qatnashadi”, — dedi Lebedev.

 

Lebedev bo‘lajak MDH tashqi ishlar vazirlari kengashiga to‘xtalib, aksariyat Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Samarqanddagi tadbirda qatnashishlarini tasdiqlaganini qayd etdi.

 

“O‘zbekiston tomoni ham yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qildi”, — dedi MDH bosh kotibi.

 

Uning aniqlik kiritishicha, yig‘ilish kun tartibidan anʼanaviy tarzda 2022 yilda MDH mamlakatlari TIVlararo maslahatlashuvlari yakunlari hamda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirishga doir masalalar o‘rin olgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"