O'zbekiston

O‘zbekistonda oyliklar va pensiyalar 2 barobar oshiriladi

Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda oyliklar va pensiyalar 2 barobar oshiriladi

 

2023 yilda O‘zbekistonda oyliklar va pensiyalarni ikki marotaba oshirishga qaror qilingan. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjeti parametrlarida pensiyalarni 1 iyundan 12 foizga, ish haqini 1 oktyabrdan 10 foizga bir marotaba oshirish maqsadida 6,7 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan edi.

 

Jahon bozorida oltin va mis narxining prognozga nisbatan yuqori bo‘lishi (qo‘shimcha 4,5 trln so‘m) hamda bojxona tushumlarining oshishi (qo‘shimcha 3 trln so‘m) hisobiga, Davlat byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilganiga nisbatan ish haqi, pensiya va nafaqalarni qo‘shimcha yana bir marotaba oshirishga qaror qilingan.

 

Xususan:

1-bosqichda pensiya va nafaqalar 1 apreldan, maoshlar 1 maydan – 7 foizga (qo‘shimcha xarajat 2,2 trln so‘m);

2-bosqichda 1 sentyabrdan – 10 foizga (yana 5,6 trln so‘m) oshiriladi.

 

“Buning natijasida, misol uchun, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 30-son maktabning katta sinf o‘qituvchisining oyligi 4,2 mln so‘mdan may oyida 4,5 mln so‘mgacha (sentyabrdan 4,9 mln so‘mgacha), Kogon tuman tibbiyot birlashmasining shifokor-laborantining maoshi 3 mln so‘mdan 3,2 mln so‘mgacha (sentyabrdan 3,6 mln so‘mgacha), Andijon shahar tibbiyot birlashmasi katta hamshirasining oyligi 2,7 mln so‘mdan 2,9 mln so‘mgacha (sentyabrdan 3,2 mln so‘mgacha) oshadi.

 

Bunda ish haqi va pensiyalarning birinchi bosqichda oshirilishi qo‘shimcha tushumlar hisobiga qoplanadi.

 

Ish haqi va pensiyalar miqdorlari ikki marotaba oshirilishi hisobiga joriy yilda ularning miqdorlarining o‘sishi 17,7 foizni tashkil etadi (avval ko‘zda tutilgan miqdor: 10-12 foiz).

 

Natijada ish haqi, pensiya va nafaqalar oshishi prognoz qilinayotgan inflyatsiyadan (10 foiz atrofida) ancha yuqori bo‘lishi kutilmoqda”, – dedi Umid Obidxo‘jayev.

 

Maʼlum qilinishicha, bu tadbirlardan 6,5 mln fuqaro manfaat ko‘radi (4,4 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar hamda 2,1 mln nafar ishchilar).

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"