O'zbekiston

Yer silkinishidan ogohlantirgan Google zilzilani prognoz qilish usuli emas

Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan xabar yuzasidan maʼlumot berdi.

Yer silkinishidan ogohlantirgan Google zilzilani prognoz qilish usuli emas

 

Android qurilmasidan foydalanuvchi O‘zbekiston aholisi ilk bor joriy yil 21 mart soat 21:47 da Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning seysmik tebranishlari to‘g‘risida erta ogohlantirish tizimi orqali maʼlumotlar oldi.

 

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari Vohidxon Ismoilov zilzilani oldindan aniqlash yo‘nalishidagi ishlar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan maʼlumot berdi.  

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Google kompaniyasi tomonidan 2020 yilda ishlab chiqilgan va Android tizimiga o‘rnatilgan zilzila to‘g‘risida erta ogohlantirish dasturi ilk bor AQSHning Kaliforniya shtatida sinovdan o‘tgan. Shundan boshlab Google kompaniyasi zilziladan erta ogohlantirish tizimini jahon tizimiga aylantirish bo‘yicha ishlanmalar olib bordi. Android qurilmasida ishlayotgan mobil telefonlarning seysmik tebranishlar haqida erta maʼlumotlar olish imkoniyatini yaratdi.  

 

Albatta, bu g‘oya yangilik emas. Chunki Yaponiya hududi uchun zilzilalarni erta ogohlantirish tizimi Yaponiya metereologik agentligi tomonidan yaratilgan va qo‘llanib kelinmoqda. Xuddi shunday mintaqaviy tizim Meksika, Xitoy, Tayvan, Italiya, Ruminiya va boshqa davlatlarda ham qo‘llaniladi. Lekin Google kompaniyasi yaratgan mobil dastur butun jahonni qamrab olish imkonini beradi.  

 

Google tizimi bu zilzilani prognoz qilish usuli emas, balki zilzila sodir bo‘lgandan so‘ng seysmik to‘lqinlarni tarqalishi bilan bog‘liq jarayonni uzatish tizimidir. Zilzila o‘chog‘idan tarqalgan bo‘ylama to‘lqin yaqin atrofdagi seysmik stansiyalarda qayd qilingandan so‘ng, 3 soniyada zilzila to‘g‘risidagi maʼlumot, yaʼni o‘choqning chuqurligi, zilzila kuchi, oradagi masofa, Google tizimi orqali dunyoga tarqaladi. Ko‘ndalang tebranishlar fizik mohiyati bo‘yicha talafotli tebranishlar bo‘lganligi sababli, uning yetib kelish vaqti qanchalik erta aniqlansa, bir muncha xavfsizlikni taʼminlash mumkin.  

 

Xitoy tadqiqotchilarining maʼlumotlariga ko‘ra, erta ogohlantirish tizimi 3 soniyada shikastlanishlarni 14 foizga, 10 soniyada jarohatlanish va qurbonlarni 39 foizga, 20 soniyada 63 foizga qisqartirishi mumkin.  

 

Shundan kelib chiqib, zilziladan erta ogohlantirish tizimining mavjudligi seysmik xavfsizlikni taʼminlashning samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, Yaponiya aholisining 65 foizi erta ogohlantirish tizimidan samarali foydalanar ekan.  

 

Erta ogohlantirish tizimi samaradorligi aholining zilziladan avval va zilzila davrida harakatlanishi bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi kunda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zilzila davrida aholining qanday harakatlanishi to‘g‘risida mobil ilova ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan.  

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"