O'zbekiston

"Chegaralarsiz kitob olami"

O‘zbekiston XXX Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etmoqda.

"Chegaralarsiz kitob olami"

 

Joriy yil 22-26 mart kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida "Chegaralarsiz kitob olami" XXX Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

 

Anʼanaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan nufuzli kitob ko‘rgazma-yarmarkasida bu yil 20 dan ortiq mamlakatdan kitob savdo, matbaa korxonasi, nashriyotlar, shu jumladan, mamlakatimiz vakili sifatida nashriyot va kitob savdo tashkiloti mutasaddilari, Belarus davlatining 52 ta nashriyoti ishtirok etmoqda.

 

XXX Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida yurtimizdan 10 ga yaqin nashriyotning turli janr va yo‘nalishdagi 100 dan ortiq kitobi namoyish etilmoqda.

 

Tadbirning ochilish marosimida Belorus Prezidenti Administratsiyasi birinchi o‘rinbosari Maksim Rijenkov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi va kitobxonlik madaniyati hamda mutolaa targ‘ibotida qo‘shayotgan hissalari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

 

Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkalari nafaqat turli millat, xalqlar do‘stligini mustahkamlashda, balki kitob olamidagi yangiliklar, yangi nashrlar, zamon yozuvchilari va shoirlari, tarixni o‘rganishda, tajriba almashishda muhim ahamiyatga ega.

 

Eslatib o‘tamiz, XXX Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 26 martga qadar davom etadi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"