O'zbekiston

Konstitutsiya moddalaridan biri so‘m va uning maqomiga bag‘ishlanyapti

Ayni paytda yer yuzida 200 dan ortiq davlatlar mavjud bo‘lib, 160 ga yaqin valyuta turi mavjud.

Konstitutsiya moddalaridan biri so‘m va uning maqomiga bag‘ishlanyapti

 

Valyuta – davlatning pul birligi bo‘lib, pul tizimining asosiy elementi hamda suveren davlatning belgilaridan biridir. Boshqacha aytganda milliy valyuta davlatning muhim ramzlaridan biri.

 

O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so‘m ham mustaqil davlatimizning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin Konstitutsiyamizda milliy valyutamiz bo‘lgan so‘m haqida biror og‘iz gapirilmagan.

Shu sababli mazkur bo‘shliq to‘ldirilmoqda va Konstitutsiyamizga milliy valyutamiz haqidagi normalar qo‘shish taklif etilmoqda.

 

Shuni inobatga olish kerakki, Konstitutsiya loyihasida pul birligini muomalada bo‘lishi uning muomaladan olinishini tartibga soluvchi subyekt – yaʼni Markaziy bank ham aniq belgilab ketilmoqda.

 

 

150-modda.

O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir.

So‘m O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.

 

Davlat pul birligining maqomini hamda uning muomalada bo‘lishiga oid qoidalarni Konstitutsiyada belgilangan taqdirda uning mavqei oshishiga olib keladi. Mamlakat poytaxti, davlat tili, bayrog‘i, gerbi va madhiyasi kabi ramzlardan biri bo‘lgan milliy valyuta ham Bosh Qomusda aks etishi maqsadga muvofiq.

 

Bugungi globallashuv sharoitida davlatning pul birligi va uning qadr-qimmati alohida ahamiyatga ega. Mazkur masalaning Konstitutsiyadan o‘rin olishi turli tahdid va xavf-xatarlarning ham oldini oladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"