O'zbekiston

"Aholimiz soni o‘sib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat oziq-ovqatni ko‘paytirish bo‘yicha oldimizga yanada katta vazifalarni qo‘ymoqda"

Ayni damda Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

"Aholimiz soni o‘sib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat oziq-ovqatni ko‘paytirish bo‘yicha oldimizga yanada katta vazifalarni qo‘ymoqda"

 

Oxirgi ikki yilda jahonda oziq-ovqat inflyatsiyasi yiliga 15-20 foizdan pasaymayotgani, o‘simlik yog‘i, sut va go‘shtning jahon narxi so‘nggi 30 yildagi, don mahsulotlari va shakar esa so‘nggi 10 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgani qayd etildi.

 

Eksport-importda logistika, o‘g‘it va yoqilg‘i xarajatlari oshib ketgani ham oziq-ovqat narxlariga o‘z taʼsirini ko‘rsatayapti. Tahlillarga ko‘ra, bu holat 2023 yilda ham, kelgusi yillarda ham saqlanib qoladi.

 

Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga 200 ming gektar yer ajratilgani, 500 ming gektar qo‘shimcha yerlar oborotga kiritilgani ichki bozordagi narx-navoni barqaror ushlab turish va eksportni ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.

 

- Lekin, aholimiz soni o‘sib borayotgani, jahondagi nobarqaror vaziyat, logistikadagi uzilishlar oziq-ovqatni ko‘paytirish bo‘yicha oldimizga yana-da katta vazifalarni qo‘ymoqda, - dedi davlatimiz rahbari.

 

Shu munosabat bilan viloyat, tuman hokimlari oziq-ovqatni ko‘paytirish, odamlarni band qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni izlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"