O'zbekiston

O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazida Navro‘z bayrami nishonlandi

Tadbirda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, O‘zbekiston madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalari, mahalliy ozarbayjonliklar, Toshkentdagi oliy o‘quv yurti o‘qituvchi va talabalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazida Navro‘z bayrami nishonlandi

 

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, O‘zbekiston madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalari, mahalliy ozarbayjonliklar, Toshkentdagi oliy o‘quv yurti o‘qituvchi va talabalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

 

Ozarbayjon Madaniyat markazi foyesida tashkil etilgan “Bahor nafasli Navro‘z” nomli  ko‘rgazmada Navro‘z bayrami, Ozarbayjonning maftunkor tabiati aks etgan fotosuratlar, shuningdek, Haydar Aliyevning hayoti va ijodi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning iqtisodiy islohotlari va milliy madaniyatimizga oid suvenirlar namoyish etildi. Ishtirokchilar Navro‘zga oid bayram taomlar, shirinliklar, shakarbura, paxlava bilan mehmon qilindi.

 

Avvalo, tadbir ishtirokchilarini Navro‘z bayrami Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Husayn Guliyev muborakbod etib, milliy bayramimiz hisoblangan Navro‘z Ozarbayjonda, O‘zbekistonda, shuningdek, turkiy dunyo mamlakatlarida nishonlanishi, umumiy bayram til, din, anʼana, madaniyat, urf-odatlar kabi xalqlarimizni birlashtirishini, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning kengayib borayotgani qardosh xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatayotganini qayd etdi.

 

O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov qardosh xalqlarning azaliy qadriyati bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan qutlar ekan, ushbu milliy bayramning birgalikda nishonlanishi tarixiy madaniy ildizlarimiz naqadar yaqin ekanining yana bir yorqin ifodasi ekaniga urg‘u qaratdi.

 

Bayram tabriklaridan so‘ng, Ozarbayjonda Navro‘z bayramini nishonlash aks ettirilgan film namoyish etildi.

 

Tadbirning badiiy qismida Ozarbayjon Madaniyat markazi tasarrufidagi “Xizmat ko‘rsatgan artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli ishtirokchilari tomonidan milliy hamda bahoriy raqslar taqdim etildi. Shuningdek, ozarbayjonlik ijrochilar Vohid Aliyev va Fotima Iskandarova, xalqaro mukofotlar sovrindori Sarvinoz Kamalova tomonidan ozarbayjon va o‘zbek qo‘shiqlari ijro etildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"