O'zbekiston

Qashqadaryoda ayolni urib, sochini qirib tashlagan ota-bolalarga sud hukmi o‘qildi

Sudda jabrlanuvchi ayblanuvchilarni kechirganini aytdi. Biroq...

Qashqadaryoda ayolni urib, sochini qirib tashlagan ota-bolalarga sud hukmi o‘qildi

 

Bir necha oy avval Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 38 yoshli ayol bir nechta erkak tomonidan kaltaklanib, sochi kesib tashlangandi. “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudida ushbu erkaklarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

 

Voqea 2022 yil 9 iyul kuni, kechasi soat 23:00 atrofida sodir bo‘lgan. Ayol o‘zidan10 yosh kichik yigit bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgan. Bu esa o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lgan xonadon egasi va yigitning qarindoshlarining g‘azabini qo‘zg‘agan. Shu bois ayol o‘sha yigit xonadoniga olib borilib, yigitning aka-ukalari tomonidan kaltaklangan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, boshqa bir qizga unashtirilgan yigit o‘zidan katta ayolga ilakishib, uning uyida yashayotganidan xabar topgan akalar shu kuni ayol va ukasini uylariga olib kelgan.

 

Shundan so‘ng ikkisini arqon bilan bog‘lab, o‘g‘ilning ko‘z o‘ngida ayol qamchi bilan kaltaklangan, o‘g‘illarining harakatini nazorat qilib turgan ota ayolning sochini olishni buyurgan. Uydagi ayollardan birining rahmi kelib, jabrlanuvchining arqonini yechib yuborgan va u derazadan ko‘chaga qochib chiqqan.

 

Sud davomida jabrlanuvchi ayblanuvchilarni kechirganini bildirgan. Sud hukmiga ko‘ra, ota va kenja o‘g‘ilga uch yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi, qolgan ikki o‘g‘ilga esa uch va ikki yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"